Majmuaning 15 yillik yubileyi munosabati bilan “Geolog” SST sexining yopiq manejida o‘tkazilgan futzal musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Bo‘lim, sex, xizmat va tarmoqlar ishchi va xizmatchilaridan tashkil topgan havaskor futbol jamoalari majmua chempionligi uchun o‘zaro bahs olib bordilar.
Final bosqichiga eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Ma’muriy boshqaruv apparati, “Qarshitermoplast” sexi, polietilen ishlab chiqarish sexi va ichki suv ta’minoti sexi futbol jamoalari yetib kelishdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan ushbu turnirning final qismida 1-2 o‘rinlar uchun polietilen ishlab chiqarish sexi va ichki suv ta’minoti sexi futbol jamoalari, 3-4 o‘rin uchun ma’muriy boshqaruv apparati va “Qarshitermoplast” sexi futbol jamoalari bir-biriga ro‘baru kelishdi. Yuqori texnika, taktikaviy va jamoaviy o‘yin namoyish etgan ichki suv ta’minoti sexi futbol jamoasi final bosqichida polietilen ishlab chiqarish sexi jamoasini mag‘lub etib, futzal bo‘yicha 2017 yil majmua chempionligini qo‘lga kiritishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra polietilen ishlab chiqarish sexi jamoasi 2-o‘rinni, “Qarshitermoplast” sexi jamoasi 3-o‘rin sohiblariga aylanishdi.
Shuningdek, musobaqa mobaynida o‘zining mahoratli o‘yinini namoyish etib faol ishtirok etgan jamoa a’zolari jumladan, Ch.O‘rinov - “Eng yaxshi darvozabon”, Sh.Aslanov – “Eng yaxshi o‘yinchi”, M.Halimov - “Eng ko‘p to‘p urar”, A.Jalilov – “Eng keksa o‘yinchi” nominatsiyalariga loyiq topilib munosib taqdirlandilar
G‘olib jamoalar musobaqa nizomiga ko‘ra musobaqa tashkilotchilari tomonidan ko‘chma kubok, faxriy yorliq, medal va rag‘batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlandilar.