2019 yil 21 iyul kuni Qarshi shahridagi “Geolog” MSS markazida har yili oʼtkazilib kelinayotgan futbol musobaqasi oʼz nihoyasiga yetdi. Boʼlim, sex, xizmat va tarmoqlar ishchi-xizmatchilaridan tashkil topgan havaskor futbol jamoalari majmua chempionligi uchun oʼzaro bahs olib bordilar.
     Final bosqichiga eng yaxshi koʼrsatkichga ega boʼlgan Metrologiya xizmati, Etilen ishlab chiqarish sexi, IST sexi va Maʼmuriy boshqaruv apparati hamda Qoʼriqlash xizmati xodimlaridan tarkib topgan futbol jamoalari oʼzaro bahs olb borishdi.

          Qizgʼin bahslarga boy boʼlgan ushbu turnirning final qismida 1-2 oʼrinlar uchun Metrologiya xizmati va Etilen ishlab chiqarish sexi futbol jamoalari, 3-4 oʼrinlar uchun Maʼmuriy boshqaruv apparati hamda Qoʼriqlash xizmati va IST sexi futbol jamoalari bir-biri bilan oʼzaro bahs olib borishdi. Yuqori texnika, taktikaviy va jamoaviy oʼyin namoyish etgan Etilen ishlab chiqarish sexi futbol jamoasi final bosqichida Metrologiya xizmati jamoasini 2:1 hisobida magʼlub etib, futbol boʼyicha 2019 yil majmua chempionligini qoʼlga kiritdi.

     1 - o'rin: Etilen ishlab chiqaarish sexi

     2 - o'rin: Metrologiya xizmati

     3 - o'rin: Ma'muriy boshqaruv apparati hamda Qoʼriqlash xizmati

 

     Yakuniy natijalarga koʼra Metrologiya xizmati jamoasi 2-oʼrinni, Maʼmuriy boshqaruv apparati va Qoʼriqlash xodimlaridan tashkil topgan futbol jamoasi 3-oʼrinni, IST sexi jamoasi esa 4-oʼrinni qoʼlga kiritishdi.
     Shuningdek, musobaqa mobaynida oʼzining mahoratini namoyish etib faol ishtirok etgan jamoa aʼzolari 5 ta nominatsiya boʼyicha, jumladan,

F.Ravshanov – “Eng yaxshi darvozabon”,

I.Xoʼjamurodov – “Eng yaxshi himoyachi”,

B.Boʼriev – “Eng yaxshi yarim himoyachi”,

F.Hamraev – “Eng yaxshi hujumchi”,

А.Shomurodov – “Eng koʼp toʼpurar”

nominatsiyalariga loyiq topilib, munosib taqdirlandilar.
     Gʼolib jamoalar musobaqa nizomiga koʼra musobaqa tashkilotchilari tomonidan koʼchma kubok, faxriy yorliq, medal va ragʼbatlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar.