Bo‘lim, sex, xizmat va tarmoqlar ishchi va xizmatchilaridan tashkil topgan havaskor futbol jamoalari majmua chempionligi uchun o‘zaro bahs olib bordilar.
Yarim final bosqichiga eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ma’muriy boshqaruv apparati, NO‘A va A sexi, etilen ishlab chiqarish sexi va polietilen ishlab chiqarish sexi futbol jamoalari yetib kelishdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan ushbu turnirning final qismida 1-2 o‘rinlar uchun ma’muriy boshqaruv apparati va etilen ishlab chiqarish sexi futbol jamoalari, 3-4 o‘rinlar uchun NO‘A va A sexi va Polietilen ishlab chiqarish sexi futbol jamoalari bir-biriga ro‘baru kelishdi. Yuqori texnika, taktikaviy va jamoaviy o‘yin namoyish etgan etilen ishlab chiqarish sexi futbol jamoasi final bosqichida ma’muriy boshqaruv apparati jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, futbol bo‘yicha 2017 yil majmua chempionligini qo‘lga kiritishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra ma’muriy boshqaruv apparati xodimlaridan tashkil topgan futbol jamoasi 2-o‘rinni, NO‘A va A sexi jamoasi 3-o‘rinni, polietilen ishlab chiqarish sexi jamoasi esa 4-o‘rinni qo‘lga kiritishida.
Shuningdek, musobaqa mobaynida o‘zining mahoratini namoyish etib faol ishtirok etgan jamoa a’zolari 5 ta nominatsiya bo‘yicha, jumladan, Ch.O‘rinov – “Eng yaxshi darvozabon”, F.Xo‘janazarov – “Eng yaxshi himoyachi”, A.Shomurodov – “Eng yaxshi yarim himoyachi”, F.Qahhorov – “Eng yaxshi hujumchi”, X.Jabborov – “Eng ko‘p to‘purar” nominatsiyalariga loyiq topilib, munosib taqdirlandilar.
G‘olib jamoalar musobaqa nizomiga ko‘ra musobaqa tashkilotchilari tomonidan ko‘chma kubok, faxriy yorliq, medal va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar.