Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusining ijrosini taʼminlash maqsadida majmua xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sportni targʻib etish maqsadida “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda har yili oʻtkazib kelinayotgan anʼanaga asosan sexlar oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqalarga start berilgan edi. Qizgʻin bahs va murosasiz kurashlar asnosida oʻtib borayotgan ushbu sport musobaqalarida majmuaning 10 ta jamoasi 2 guruhga boʻlingan holda bellashmoqdalar. Ayni kunlarda ushbu musobaqaning guruhlar oʻrtasidagi oʻzaro bellashuvlari oʻz yakuniga yetdi. Ushbu bosqich natijalari quyidagicha koʻrinishga ega boʻldi:

A guruh

Jamoalar soni O' Yu D M T-N O
1. Etilen i/ch sexi 4 4 0 0 24-2 12
2. Metrologiya 4 3 0 1 7-3 9
3. Polietilen i/ch sexi 4 2 0 2 5-4 6
4. Qarshitermoplast 4 1 0 3 1-13 3
5. OST 4 0 0 4 1-16 0

 

1. OST – Qarshitermoplast  - : + (OSTga texnik magʻlubiyat)
2. Etilen – Metrologiya 2 : 1
3. Qarshitermoplast - Polietilen 0 : 5
4. OST – Etilen 1 : 16
5. Polietilen –Metrologiya 0 : 1
6. Qarshitermoplast – Etilen 0 : 3
7. Etilen – Polietilen 3 : 0
8. Metrologiya – OST  - : + (OSTga texnik magʻlubiyat)
9. Polietilen – OST  - : + (OSTga texnik magʻlubiyat)
10. Metrologiya – Qarshitermoplast 5 : 1

 

B guruh

Jamoalar soni O' Yu D M T-N O
1. IST 4 4 0 0 12-3 12
2. AUP+Qoʻriqlash 4 1 2 1 8-5 5
3. BGHT+ETS 4 1 2 1 6-5 5
4. ATS 4 1 2 1 8-9 5
5. Yuksalish 4 0 0 4 2-15 0

 

1. IST – AUP + Qoʻriqlash 1 : 0
2. BGHT+ETS–Yuksalish 3 : 1
3. AUP+Qoʻriqlash–ATS 3 : 3
4. IST–BGHT+ETS 2 : 1
5. ATS– Yuksalish  2 : 1
6. AUP+Qoʻriqlash–BGHT+ETS 0 : 0
7. Yuksalish – IST  0 : 6
8. BGHT+ ETS–ATS  2 : 2
9. ATS – IST 1 : 3
10. Yuksalish – AUP+Qoʻriqlash 0 : 4

     

           Majmua xodimlarining sportning futbol turiga boʻlgan qiziqishi, iqtidori va mahoratini namoyish etishiga imkoniyat yaratayotgan ushbu musobaqaning yarim final bahslari 2019-yil 19-iyul kuni soat 1800 da Qarshi shahridagi “Geolog” oʻyingohida, final bahslari esa 2019-yil 21-iyul kuni soat 1800 da esa Qarshi shahridagi “Geolog” oʻyingohida boʻlib oʻtadi.