Shoʼrtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish jarayonlarida tabiiy gazdan nordon gazlarni tozalab olishda foydalanilgan dietanolamin eritmasini sovutish uchun moʼljallangan havo bilan sovutish qurilmasining “F” paketida taʼmirlash ishlari ishlab chiqarish jarayonlariga taʼsir etmagan holda olib borilmoqda.
Mazkur havo bilan sovutish qurilmasining “F” paketidagi taʼmirlash ishlari majmuaning oʼzida sifatli va aniqlik bilan olib borilmoqda.
Havo bilan sovutish qurilmasining “F” paketini taʼmirlash ishlariga yuqori klassifikatsiyali payvandchi va boy tajribali ishchi xodimlar jalb qilingan. Ushbu qurilmani taʼmirlash ishlari orqali kelgusida ishlab chiqarish jarayonlarini xavfsiz va uzluksiz toʼliq quvvatlar bilan ishlashini taʼminlash uchun xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, joriy yilning mart oyida majmuaning malakali mutaxassislari tomonidan havo bilan sovutish qurilmasining birgina "D" paketi boʼyicha olib borilgan taʼmirlash ishlari orqali qarib 800 mln. soʼm miqdoridagi mablagʼlarni tejab qolinishiga erishilgan.
"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati