“O‘zbekneftgaz” AJ korxonalarining 2022-2023 yillar uchun ehtiyojlari taqdimotini o‘tkazish maqsadida mahalliylashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari mutaxassislarini “Uzbekistan GTL” va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi zavodlariga 2022-yilning 28-iyul kuni soat 8:00 da taklif etamiz!
Ushbu tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ hamda tarmoq korxonalarining 2022-yil ikkinchi yarim yilligi va 2023-yil uchun yig‘ma ehtiyojlari shakllantiriladi.
Shuningdek, shakllantirilgan ro‘yxat asosida mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan memorandumlar hamda sanoat mahsulotlarini tajriba-sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolanadi.