Joriy yilning 20-22 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining bir guruh tinglovchilari majmuada bo‘ldilar.
Tashrif davomida akademiya tinglovchilari majmuaning qurilish tarixi, faoliyati, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish jarayonlari hamda ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi. Majmuada ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, zavod mutaxassis xodimlari bilan bevosita muloqot uyushtirishdi va majmua tarixi muzeyida bo‘lishdi.