"Uzbekneftegaz" AJ Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli "Kalta-qir" gaz konidagi ishlatilmayotgan quduqlar fondida turgan 8-sonli quduq to`la ta`mirlanib, qayta ishga qo`shildi.

Quduqda suv yo`llarini yopish ishlari bajarilib, 1084-1081 metr intervallar oralig`ida perforatsiya ishlari o`tkazilgandan so`ng, quduqni o`zlashtirish natijasida sanoat miqyosida kunlik 70 ming kub metr gaz qazib olinishga erishildi.

Ma`lumot uchun: "Kalta-qir" gaz koni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan bo`lib, 2006-yilda ishlatishga tushirilgan.

 

manba: ung.uz