"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Breyn-ring" intellektual shousining 1-saralash bosqichi "D" guruh bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuv, Polietilen ishlab chiqarish sexining "UZCLER", Elektr ta’minoti sexining "KUCHLANISH", Ma’muriy boshqaruv apparatining "OPTIMUS" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.


3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra "UZCLER" jamoasi 4 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.

"BRЕYN RING" intellektual shousining 1 saralash "D" guruhi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hay’at a’zolari tomonidan intellektual shou bellashuvida eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan, "UZCLER" jamoasi a’zosi Xaydarov Otabekga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy dasturlar rejasiga ko‘ra, ishchi-xodimlarning ishchanlik kayfiyatini oshirish, ularga hush kayfiyat ulashish maqsadida O‘zbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Orzular qanotida» musiqali kino komediyasi namoyish etildi. Ushbu musiqiy kino komediyada har bir inson, hayotda o‘z orzulari qanotida yashashi, o‘zi bosib o‘tgan hayot yo‘lini faqat rangli orzular bilan tasavvur qilishi yoritib berilgan. 

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati