Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida ishchi-xodimlarni intellektual bilim va salohiyatlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan "Breyn-ring" intellektual shousining dastlabki yarim final bellashuvi boʼlib oʼtdi.
Intellektual shouning yarim finalida Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGAR" jamoasi, Nazorat oʼlchov asboblari va avtomatika sexining "AVTOMATIKA" hamda Uy-joydan foydalanish xizmatining "BORIGA BARAKA" jamoalari oʼzaro bellashdilar.
"AVTOMATIKA" jamoasi
"KIMYOGAR" jamoasi
"BORIGA BARAKA" jamoasi
Murosasiz davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga koʼra Nazorat oʼlchov asboblari va avtomatika sexining "AVTOMATIKA" jamoasi bellashuv gʼolibiga aylanib final bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.
Qiziqarli bahs-munozaralarga boy boʼlgan mazkur intellektual bellashuvda odatdagidek tomoshabinlar bilan ham "oʼyin ichida oʼyin" oʼtkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va toʼgʼri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qoʼmitasining esdalik sovgʼalari topshirildi.
"BREYN RING" intellektual shousining dastlabki yarim final bellashuvi natijalari:
Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGAR" jamoasi - 4 ball;
Nazorat oʼlchov asboblari va avtomatika sexining "AVTOMATIKA" jamoasi - 6 ball;
Uy-joydan foydalanish xizmatining "BORIGA BARAKA" jamoasi - 2 ball.
Shuningdek, hakamlar hayʼati tomonidan dastlabki yarim final billashuvining eng yaxshi oʼyinchisi sifatida "KIMYOGAR" jamoasi aʼzosi Аkbarali Rasulov eʼtirof etildi.
Maʼlumot uchun, "BREYN RING" intellektual shousining keyingi yarim final billashuvlarida Majmua ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasining "UPGRADE", Etilen ishlab chiqarish sexining "ONIKS" hamda Ichki suv taʼminoti sexining "OBI HAYOT" jamoalari oʼzaro bahs olib borishadi.
"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati