2023 yil 21 avgust kuni o‘tayotgan yilning 8 oyi mobaynida “Shurtan GKM” MCHJning faoliyati natijalari, ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi holati, soha obyektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash, oktyabr oyida amalga oshiriladigan rejali ta’mirlash ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ishlab chiqarish jarayonlari barqarorligini doimiy ta’minlash borasidagi masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- 2023 yilning o‘tgan 8 oyi davomida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda sanoat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, mehnat va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda mavjud kamchiliklar va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish rejasi muhokamasi;
- 2023 yilning oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan joriy ta’mirlash jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’minot holati, mutaxassislarning ta’mirlash ishlariga shayligi muhokamasi;
- Majmuaning soha obyektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar holati;
- Energoresurslarni tejash bo‘yicha chora-tadbirlarning ijro holati;
- Zavod hududidagi ishlab chiqarish sexlarida olib borilayotgan qurilish-montaj va ta’mirlash ishlarining holati.

Yig‘ilishda kelgysida amalga oshiriladigan ishlar kengaytirilgan tartibda muhokama etilib, Bosh direktor tomonidan barcha mas’ullarga berilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash borasida quyidagicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
- Oktyabr oyida o‘tkaziladigan joriy ta’mirlash jarayonlari uchun zarur bo‘lgan, shuningdek, ishlab chiqarish uzluksizligi doimiy ta’minlash uchun o‘ta muhim hisoblangan material, jihozlar va kimyoviy reagentlarni o‘z vaqtida xaridini amalga oshirish;
- Ta’mirlash ishlariga boshqa tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha taklif tayyorlash;
- Majmuada 2024 yil uchun mo‘ljallangan mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha aniq tahlillarga asoslangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
- Majmuaning soha obyektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlashda ishlarni muvofiqlashtirish va nazoratni kuchaytirish;
- O‘tgan qish mavsumida kuzatilgan anomal ob-havoni e’tiborga olgan holda asosiy ishlab chiqarish jarayonlaridagi qurilma va jihozlarni betalofat ishlatish va sovuqdan himoya qilish bo‘yicha alohida chora-tadbir ishlab chiqish;
- Majmua obyektlarida quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini yanada jadallashtirish; 
- 2024 yil uchun mo‘ljallangan qurilish va ta’mirlash manzilli ro‘yxati loyihasini ishlab chiqish;
- Jamiyat hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish; 
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bayram tadbirini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|