Qashqadaryo viloyatidagi umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 11 sinf hamda akademik litsey va kasb-xunar kollejlarining bitiruvchi kurslari oʼquvchilari diqqatiga!

Ivan Mixaylovich Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Qashqadaryo viloyatidagi Hududiy tayyorlov boʼlimi
2 OYLIK TАYYoRLOV KURSLАRIGА (avgust-sentyabr 2019 y) MАQSАDLI QАBUL EЪLON QILАDI.

Kurslarda tayyorlov rus tili, matematika va fizika fanlari boʼyicha amalga oshiriladi.

Oʼkish muddati – 2019 yilning 1 avgustidan 30 sentyabrigacha.
Tayyorlov kurslarida oʼqish rus tilida olib boriladi.

Tayyorlov kurslariga xujjatlarni kabul kilish 2019 yilning 07 iyunidan 20 iyuligacha soat 9:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.
Kurslarga viloyatimiz maktablarining 11-sinf hamda akademik litsey va kollejlarning bitiruvchi kurslari oʼquvchilari oʼqish uchun xujjat topshirishlari mumkin.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab kilinadi:

1. Аriza
2. Tinglovchining 2 ta rasmi (3x4);
3. Tinglovchi va uning ota-onasining pasportlari nusxalari;
4. Oʼqish joyidan maʼlumotnoma;
5. Hududiy tayyorlov boʼlimi bilan tuzilgan shartnoma. Shartnoma tuzish uchun tinglovchi ota yoki onasi bilan kelishi lozim.
6. Shartnoma tuzilgandan keyin tayyorlov kurslarida oʼqish uchun toʼlovni tasdiqlovchi kvitantsiya nusxasi.
7. Fayl-papka.

Qabul quyidagi manzilda amalga oshiriladi:

180100, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shaxri, Bunyodkorlik koʼchasi, 8-uy «Xisorneftegaz» QK OАJ binosining 3-qavati, I.M. Gubkin nomidagi RDNGU Qashqadaryo viloyatidagi Hududiy tayyorlov boʼlimi

Murojaat uchun:

Toxirova Barnogul Ochildievna +998 93-424-12-34
Аchilova Liliya Majidovna +998 98-777-13-99
Buriev Odiljon Farxod ugli +998 91-953-05-40

e-mail: rpo.kashkadarya@gmail.com
telegrammdagi kanal manzili: t.me/rpo_kashkadarya

(Hududiy tayyorlov boʼlimiga tinglovchilik ruxsatnomasi olingunga qadar pasport bilan kiritiladi)