Vatan muqaddas. Uning osoyishtaligi, ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatish shu yurt farzandiman degan har bir insonning burchi. Ayniqsa, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlari, kunni tunga ulab halqimiz tinchligi, osoyishtaligini asrashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ayni kunlarda Respublikamiz miqyosida 25 oktyabr-“Ichki ishlar idorlari xodimlari kuni” bayram tadbirlari keng nishonlanamoqda. Shu jumladan joriy yilning 25 oktyabrda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ yong‘in xavfsizligi bo‘limida ham ushbu bayram tadbirini ko‘taringki ruhda o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda, viloyat hududida o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlarda, xalq xo‘jaligi inshootlari va aholi yashash uylarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktika ishlarini amalga oshirishda va joylarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni muvaffaqiyatli bartaraf etishda faol ishtirok etib kelayotgan 15 nafar xodimlarga qimmatbaxo sovg‘alar taqdim etildi.
Ko‘p yillar davomida shu sohada faoliyat olib borgan va xozirgi kunga nafaqaga chiqqan 5 nafar iste’fodagi serjant Abdinazar Pardayev, katta serjant Shokir Ibragimov, katta serjant Boymirza Boyqulov, serjant Suyun Xujaniyozov va serjant Ural Shukurovlarni nafaqaga kuzatish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, bayram tadbiriga nafaqaga chiqqan yong‘in xavfsizligi xizmati faxriylari taklif qilinib, bir piyola choy ustida davra suxbatlari tashkil etildi.