“O‘zbekneftgaz” AJning o‘z oldiga belgilab olgan ustuvor masalalaridan biri bu – tizimdagi barcha boshqarma va korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonini atrof-muhit muhofazasiga salbiy ta’sirini nazoratga olish hamda ekologiya xavfsizligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishdan iboratdir.

“O‘zbekneftgaz” AJ sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi departamenti tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha fevral oyida ekoanalitik monitoring nazorati olib borildi.

Atmosfera havosidan olingan tahlillar grafikka asosan 661 marta (100%), oqova suvlardan olingan tahlillar 2958 marta (117,9%) va tuproq tarkibidan olingan tahlillar 19 marta (100%)ga bajarildi.

“Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha 2020–2022-yillarda tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida nazorat va tahlil ishlari amalga oshirildi. Tadbirning atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha 16 ta bandi (48%), suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha 8 ta bandi (66%), biologik resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha bitta bandi (100%) va chiqindilar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha 10 ta bandi (90%) bajarilgan. Jami tadbirning 35 ta bandi (61%) bajarilgan, 22 ta bandning bajarilish muddatlari mavjud va bajarilishi nazoratga olingan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz