“Atrof va ijtimoiy muhitga ta’sirini baholash” (AMTB) materiallari bo‘yicha jamoatchilik eshituvini o‘tkazishga doir
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyixasining “Atrof va ijtimoiy muhitga ta’sirini baholash” loyiha hujjatlarini taqdim qilib, barcha manfaatdor tomonlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Loyiha vakillari tomonidan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ kengaytirish loyihasining “Atrof va ijtimoiy muhitga ta’sirini baholash” tafsilotlarini va atrof muhitga salbiy ta’sirini pasaytirish tadbiri xaqida qisqacha ma’lumot taqdim etiladi.
2018 yil 13 fevral soat 10:00 da Nishon tumani Nuriston shaharchasida joylashgan “Talimarjon IES”ga qarashli “Madaniyat saroyi” da bo‘lib o‘tadi.
2018 yil 14 fevral soat 10:00 da G‘uzor tumani Eshonquduq qishlog‘i G‘uzor transport kollejida bo‘lib o‘tadi.
2018 yil 16 fevral soat 10:00 da Qarshi shahri “GISARNEFTGAZ” QK Majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
2018 yil 23 fevral soat 10:00 da Toshkent shaxri, Mirzo Ulugbek tumani, Mustakillik-66.
Muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, G‘uzor tumani 180300 Sho‘rtan qo‘rg‘oni SHGKM MCHJ www.sgcc.uz elektron sayti, Sho‘rtan GKM Atrof Muhit Muhofazasi xizmatining ekosgcc@sgcc.uz. elektron manzili yoki (0-375)552-41-21 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Loyiha buyicha murojaat va takliflarni 2018 yil 13 martgacha yuqorida ko‘rsatilgan manzillarga yuborish mumkin.
Jamoatchilik eshituvida ishtirok etishni hohlovchilarni taklif etamiz. Tashrif buyuruvchilar o‘zlari bilan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat olib kelishlari shart.