Hurmatli majmuamiz xotin-qizlari!
Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!
Avvalambor, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni go‘zallik bayrami 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan jamoa nomidan samimiy muborakbod etaman!
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Sizlarni va sizlar orqali yurtimizdagi barcha xotin-qizlarni, dilbar ayollarimizni yana bir bor go‘zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka tilayman.
Doimo, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik arimasin!
Go‘zallik sizlarni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Sh.Aslanov
"Sho‘rtan GKM" MChJ
Bosh direktori