"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisining tashabbusi bilan 2020 yilda gazni chuqur qayta ishlashga alohida e’tibor qaratildi va gazni chuqur qayta ishlash zavodlarida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sish sur’atiga erishildi.
2020 yilning yanvar–sentyabr oylarida 6,6 mlrd kub metr tabiiy gaz xomashyosi gaz kimyo majmualari tomonidan chuqur qayta ishlandi. Natijada 366 ming tonna (rejaga nisbatan 103,0 foiz) polietilen, 73,0 ming tonna polipropilen (rejaga nisbatan 107 foiz), 90,0 ming tonna (rejaga nisbatan 107,0 foiz) suyultirilgan gaz mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Korxonalarda rejalashtirilgan chora tadbirlarning o‘z muddatida amalga oshirilishi natijasida, 2020 yilda yanvar-sentyabr oylarining reja ko‘rsatkich topshiriqlari bajarilishiga erishildi.
– «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJda 2020 yilning yanvar–sentyabr oylarida 3,35 mlrd kub metr tabiiy gaz xomashyosi qayta ishlanib, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi 102,0%ni, reja bo‘yicha ko‘rsatkich 100%ni hamda 2019 yilning shu davriga nisbatan 105%ni tashkil etdi.
– Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi MChJda 2020 yilning yanvar–sentyabr oylarida 3,22 mlrd kub metr tabiiy gaz xomashyosi qayta ishlanib, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi 106,0%ni, reja bo‘yicha ko‘rsatkich 100%ni hamda 2019 yilning shu davriga nisbatan 102%ni tashkil etdi.
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi MChJda 2020 yilning yanvar–sentyabr oylarida 3,22 mlrd kub metr tabiiy gaz xomashyosi qayta ishlanib, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi 106,4%ni, reja bo‘yicha ko‘rsatkich 100%ni hamda 2019 yilning shu davriga nisbatan 102,5%ni tashkil etdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “O‘zbekneftgaz” AJ tarmoq zavodlari qurilma va uskunalarida ta’mirlash ishlarini tizimli, o‘z vaqtida to‘g‘ri markazlashtirilgan holda tashkillashtirilganligi mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sish sur’atiga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi deb aytish mumkin.
Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan gazni chuqur qayta ishlab yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, jumladan, yiliga 1,5 mln tonna sintetik suyuq yoqilg‘i (dizel va kerosin), 100 ming tonna random polipropilen va 280 ming tonna bimodal/monomodalli yuqori zichlikka ega polietilen ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan, mintaqada ishlab chiqarish texnologik jihatidan eng zamonaviy «Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish» va Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish investitsion loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, ushbu yuqori qiymatli mahsulotlar 100 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar uchun bazaviy xomashyo sifatida ishlatilib, Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirishda asosiy poydevor vazifasini o‘taydi. Shu o‘rinda mamnuniyat bilan aytish mumkinki, “Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” investitsion loyihasi 100% “O‘zbekneftgaz” AJning mablag‘lari va yetuk mutaxassislari tomonidan 2020 yilning dekabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlarning natijasi o‘laroq, ushbu loyihalar amalga oshirilgandan so‘ng Respublikamizning eksport salohiyati yiliga kamida 300 mln dollardan ko‘proqqa oshadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan