Qadrli ustozlar, mehridaryo o‘qituvchi va murabbiylar!

Avvalo, Sizlarni va siz orqali o‘zining ilmu salohiyatini, kuch-g‘ayratini yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli va mas’uliyatli ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha soha fidoyilarini bugungi ulug‘ bayram “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Hayotda inson kim bo‘lmasin, qaysi sohada mehnat qilamasin shubhasiz, uning kamolotida o‘qituvchi va murabbiylarning beqiyos hissasi bor.

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Har bir sohada dunyodagi eng sharafli va mashaqqatli kasb egasi bo‘lgan Siz azizlarni shu jumladan, neft va gaz sanoati sohasida ham yoshlarga bilim va malakasini oshirishga qo‘shayotgan samarali mehnatingiz uchun tashakkur bildiramiz!

Siz azizlarni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan yana bir bor chin qalbimizdan samimiy qutlab qolamiz.

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sharafli kasbingiz ortidan hamisha shogirdlar va el-yurt ardog‘ida bo‘ling, qadrli ustozlar!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

"Sho‘rtan GKM" MChJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi

 

 

www.sgcc.uz