Aziz yoshlar!
Barchangizni bugungi shodiyona — 30 iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan o‘zim hamda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etaman!
Yoshlik — bu kelajakka bo‘lgan ishonch, kuch, jasorat hamda ulkan kashfiyotlar debochasi, dunyolarni o‘zgartirishga qodir ulkan salohiyat davridir!
Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgan. Yangilangan Konstitutsiyamizda alohida bir bobning oila, bolalar va yoshlar masalasiga bag‘ishlangani esa yurtimizda yoshlar huquqlarini himoya qilishga qanchalik e’tibor qaratilayotganini dalolatidir.
Bunday imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ajdodlarimizga munosib voris bo‘lib, yangi O‘zbekistonimizning yangidan yangi marralarini zabt etishingizga va bugungi zamon talablariga mos, barcha sohada innovatsion va kreativ fikrlaydigan, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirgan mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman.
Qadrli yoshlar!
Majmuamizning yurtimiz va jahon sahnasidagi o‘rnini yanada yuksaklarga ko‘tarish orzusida harakatdan charchamayotgan Siz yoshlarga sog‘lik va omad tilab qolaman. Hayotingiz hamisha yorqin lahzalarga hamda unutilmas onlarga boy bo‘lsin! Aniq maqsadlar yo‘lida doimo olg‘a intilish hissi hech qachon so‘nmasin!
Shuni unutmangki, sizni oldinda yangi imkoniyatlar, zafarlar bilan birga, ne-ne sinovlar, yuksak dovonlar, murakkab va sharafli yo‘llar kutmoqda.
Men sizlarning bu yo‘lda marrani baland olib, yagona kuch bo‘lib, harakat qilishingizga ishonaman!
Umr yo‘lingiz davomida insoniy fazilatlar, komillikka intilib yashash tuyg‘usi sizlarni aslo tark etmasin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shuxrat Aslanov
"Shurtan GKM" MCHJ Bosh direktori