Aziz yoshlar!

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi nomidan hamda shaxsan o‘zim nomimdan Sizlarni bugungi bayramingiz, "30 iyun – Yoshlar kuni” bilan chin dildan qutlayman!

Bugungi yoshlar o‘zlarining ilg‘or fikrlashi va tashabbuskorliklari bilan barcha sohalarda yutuqlarga erishib kelayotganliklariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Shu jumladan, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ham kreativ fikrlovchi va yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarning alohida o‘rni bor albatta.

Biz majmuada qanday yutuqlarga erishmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingizga suyanamiz. Barchangizga ma’lumki, majmua oldiga ulkan marralar qo‘yilgan. Bularning barchasiga siz kabi yoshlarning shijoati bilan erishamiz.

Qadrli yoshlar!

Men Sizlarga bugungi bayram munosabati bilan yurtimizning gullab yashnashi, qolaversa hozirda yelkadosh bo‘lib mehnat qilayotgan va korxonamiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shadigan yangi avlod bo‘lib yetishishingizga, shu yo‘lda bor kuchingizni sarflashingizga, Vatanimiz ravnaqi uchun yonib yashashingizga tilakdoshman!

Shuxrat Aslanov
“Sho‘rtan GKM” MChJ
Bosh direktori

 

 

 

www.sgcc.uz