2022-yil 8-aprel kuni "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" ma’muriyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021-yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasini 2021-yilda bajarilishi hamda 2022-2024-yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasi tasdiqlash bo‘yicha mehnat jamoasining Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu jamoa shartnomasi ish beruvchi va korxona xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, mehnatkashlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan, ahloqiy me’yorlar, mehnat intizomi, ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarni himoya qilishni ta’minlaydigan hujjatdir.

Konferensiyada “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Bosh direktori Shuhrat Aslanov, O‘zbekiston energetika, neft va gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bo‘lim boshlig‘i Sobir Egamberdiev, O‘zbekiston energetika, neft va gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi Akbar Yusupov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Azamat To‘raqulov hamda majmuaning sex, bo‘lim va tarmoqlaridan saylangan delegatlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda dastlab “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ jamoa shartnomasining 2021-yilda bajarilishi yuzasidan SHGKM Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.To‘raqulovning hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng jamoa shartnomasini 2022-2024-yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasi jamoa shartnomasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi. Delegatlar tomonidan berilgan barcha savollarga asosli ravishda batafsil javoblar berildi.

Muzokara va muhokamalarda delegatlar “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ jamoa shartnomasining 2021-yilda bajarilishini qoniqarli deb baho berishdi va 2022-2024-yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar ma’qullandi va bir ovozdan tasdiqlandi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz