O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek "Shurtan gaz kimyo majmuasi" mas’uliyati cheklangan jamiyatining istiqbolli rejalarini amalga oshirishda bilimli va yuqori salohiyatli yosh mutaxassislarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida joriy yilning 14-15 mart kunlari  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining "Kimyo", "Tabiiy fiziologik faol birikmalar kimyosi", "Neft va gaz kimyosi" yo‘nalishlarida tahsil olayotgan to‘rtinchi kurs talabalari orasidan "SHGKM stipendiyasi" ga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun sinov imtihonlari o‘tkazildi.


Sinov imtihonlari 2 bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqich yozma ravishda va keyingi bosqich suhbat ko‘rinishida bo‘ldi.
Har ikkala bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 7 nafar talabalar "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning 2022-2023 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan "5-STIPЕNDIYA" dasturi g‘olibligini qo‘lga kiritdilar.

Quyida g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Stipendiya dasturlarining muntazam ravishda o‘tkazilib borilishi, neft va gaz sohasida tahsil olayotgan bilimga chanqoq, istiqbolli, aniq maqsad sari intiluvchan yoshlarni o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratmoqda.
Tanlov g‘oliblarini chin dildan muborakbod etamiz hamda tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda ularning ilm olishlari va neft-gaz sohasidagi keyingi faoliyatlari davomida yuqori marralarni qo‘lga kiritishlarida omad va yangi zafarlar tilaymiz!

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati