2021-yilning yanvar-aprel oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalarida uglevodorodlarni qazib chiqarish va qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi 2822-sonli qaroriga asosan, (Dastur doirasida) 2021-yilning yanvar-aprel oylarida 56 ta quduq burg‘ilashdan (shundan 35 ta quduq dastur doirasida), 233 ta quduq mukammal ta’mirlashdan va 14 ta texnologik obyektlar qurib ishga tushirildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning 2021-yil 21-yanvardagi 28-sonli “Gaz va gaz kondensati qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosinining ta’minlanishi natijasida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi oshirildi.
Bundan tashqari, qo‘shimcha 557,3 mln kub metr (shundan 207,2 mln kub metr dastur doirasida) tabiiy gaz, 6,9 ming tonna (shundan 4,5 ming tonna dastur doirasida) gaz kondensati, hamda 1,3 ming tonna neft qazib chiqarildi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan geologik-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi quyidagicha bo‘ldi:
• Tabiiy gaz – 11 051 mln.kub.metr, rejaga nisbatan 100,7%;
• Neft – 41,3 ming tonna, rejaga nisbatan 108,3%;
• Kondensat – 482,5 ming tonna, rejaga nisbatan 101,1%;
• Oltingugurt – 86,3 ming tonna, rejaga nisbatan 120,6%;
• Polietilen – 46,7 ming tonna, rejaga nisbatan 100,5%;
• Avtobenzin – 285,7 ming tonna, rejaga nisbatan 111,0%;
• Dizel yonilg‘isi – 85,5 ming tonna, rejaga nisbatan 134,6%.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan