Majmua yangiliklari

Batafsil…

“Vatan himoyasi – muqaddas burch!”

2019 yil 14 yanvar kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning katta majlislar zalida tasdiqlangan rejaga asosan “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” mavzusida maʼnaviyat soati oʻtkazildi. Ushbu maʼnaviyat soatida majmuaning ijtimoiy rivojlanishboʻyicha bosh mutaxassisi U.Xonqulov 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilanganligi toʻgʻrisida maʼruza qildi.

Batafsil…

Bayramingiz bilan Oʻzbekning mard oʻgʻlonlari.

Hurmatli majmuamizning jonkuyar yigitlari! Sizlarni 14 yanvar vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlar borki hayotimiz osuda, oilamiz tinch va farzandlarimiz baxtlidir. Bayramingiz bilan Oʻzbekning mard oʻgʻlonlari. Bir inson bor doʻstim dunyoda, Yurtim asrab turadi magʻrur. Mardlik hissi boʻlsin ziyoda U yurtiga qoʻrgʻon boʻladi. Hurmat bilanSHGKM MCHJ xotin - qizlar qoʻmitasi.

Batafsil…

“14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

2019 yil 10 yanvar kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning katta majlislar zalida Mudofaa Vazirligi toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari Qoʻmondonligi tassarufidagi 99750-harbiy qism shaxsiy tarkibi ofitser, serjant va askarlari, faxriylari va majmuada mehnat qilib kelayotgan Afgʻoniston urushi qatnashchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Batafsil…

Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishga bagʻishlangan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida majmuaning majlislar zalida “Vatanparvarlik” darsligi va Davlatimiz rahbarining tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.

Batafsil…

Yangi yil tabrigi

Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni va Siz orqali barcha yaqinlaringizni kirib kelayotgan Yangi 2019 yil bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. El-yurtimiz farovonligi yoʻlida qilayotgan barcha ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yil davomida yaxshi kayfiyat va omad tilaymiz!

Batafsil…

Oʻz kasbining mohir egasi

Oʻzbekiston neft-gaz geologiya xodimlari kasaba uyushmasiRayosatining 2018 yil 19 oktyabrdagi 13-22-sonli qaroriga binoan neft-gaz va geologiya tarmogʻi boʻyicha respublika miqyosida oʻtkazilgan “Oʻz kasbining mohir egalari” tadbirining 4-bosqichi yakuniga yetdi.Oʻtkazilgan ushbu tadbir natijasiga koʻra “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ elektrotexnika laboratoriyasi ustasi Abdinazar Berdimuratovich Boyboʻtayev gʻolib deb toplib Oʻzbekiston neft-gaz geologiya xodimlari kasaba uyushmasining faxriy yorligʻi va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Batafsil…

“Vatanparvarlik oyligi” tadbiri oʻtkazildi

Tadbirda majmua ishchi-xizmatchilariga Mudofaa Vazirligi toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari Qoʻmondonligi tassarufidagi harbiy qism shaxsiy tarkibining oʻquv amaliy mashgʻulotlari, qoʻl jangi hamda harbiy orkest tomonidan kuy va qoʻshiqlar ijro etildi.