Funksional vazifalari

Quyidagilar bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:

 

  • Ishlab chiqarishni va boshqaruvning boshqa turdagi faoliyatlarini doimiy tezkor operativ nazorat qilish;
  • xom ashyo gazni qayta ishlash asosiy texnologik jarayonlarni, ishlab chiqarishni va tayyor xom ashyo zahiralar istemolining balansini ishlab chiqarishni tashkillashtirish, xom ashyo gazni qayta ishlash samarali texnologiyalarni joriy etish;
  • Texnologik sexlar va boshqaruv xizmatlari ishini muvofiqlashtirish, ishlab chiqarishni xom ashyo, reagentlar, energiya resurslari va materiallar bilan ta’minlashni tashkillashtirish.;
  • ishlab chiqarishning bir maromli ishlashini va ishlab chiqarish dasturiga va sexlar va xizmatlarning smenalik-kundalik vazifalarga muvofiq bir tekisda gazni qabul qilish, amaldagi GOST lar, TU ga muvofiq ishlab chiqarishni ta’minlash;
  • texnologik qurilmalarni oqilona yuklashni tashkilashtirish va texnologik reglamentlarga rioya qilish nazoratini o‘tkazish;
  • xavfsizlik texnikasi, shu jumladan, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash bo‘yicha, mehnat muhofazasi bo‘yicha, ishlab chiqarishda shikastlanishni va kasb kasalliklarini oldini olish va kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha ishlarni tashkillashtirish;
  • sexlar bo’limlari va umuman boshqarma uchun ishlab chiqarish dasturlarni va kalendar jadvallarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • mahsulotni qayta ishlash va yuklab jo‘natish bo‘yicha oylik hisob-kitobni tayyorlash, uskunalarning planlashtirilgan-ogohlantiruvchi remont jadvallarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • texnologik rejimidan barcha og‘ishlar va avariyalar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish haqida ma’lumotni o‘z vaqtida ShGKM boshqaruviga berish;
  • mehnat sharoitlarini yengillashtirish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan yangi texnika, texnologiyalar, ratsionalizatorlik, ilg‘or tajribalar bo‘yicha tadbirlarni joriy etishni tashkillashtirish;
  • o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi xodimlarni saralash va joylashtirish, takliflar berish, mehnat intizomi mustahkamlash, o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi barcha xodimlarni ichki mehnat tartib qoidalarni bajarilishini taminlashi;
  • Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati, Ishlab chiqarishni koordinatsiyalash bo‘limi, Etilen i/ch sexi, Polietilen i/ch sexi, Tayyor mahsulotlar va xom ashyo sexi, “Qarshitermoplast” sexi, Tayyor mahsulotlar tarmog‘i hamda Omborlarni boshqarish xizmati va boshqa sexlarning belgilangan tartibda ishlashini tekshirish va nazorat qilish hamda ularning faoliyatini boshqarirish;
  • ShGKM ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli shartnomalarni va boshqa hujjatlarni tuzish va tasdiqlash;
  • ShGKM ishlab chiqarish faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lgan masalalar va kiruvchi yozishmalarni ko‘rib chiqish va hal etish;
  • ShGKM sanoat xavfsizligini ta’minlash;
  • ShGKM mahsulotining xarajatini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

  SHGKM ishlab chiqarish faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lgan xizmatlar shartnomalini imzolash.

Barcha zarur hujjatlarni imzolaydi, taqdim etadi va qabul qiladi, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan amallarni bajarish maqsadida qaratilgan barcha proseduralar va rasmiyatchiliklarni amalga oshiradi.

So‘nggi o‘zgartirish : 22.05.2023