Quyidagi vazifalarini bajaradi:
- moliyaviy faoliyatni tashkil etish orqali korxona rejasini bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ShGKMning yagona tashkiliy siyosatini amalga oshirish;
- tashkilotni rivojlantirish, menejmentni ilg‘or usullarini joriy etish ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqish, tashkillashtirish va ijro etish;
- tashkilot faoliyatini moliyalashtirishni tashkil etish;
- ShGKMning moliyaviy holatiga tegishli buxgalteriya hisobi va hisobotining to‘g‘ri holatini, ishonchliligini va takomillashishini nazorat qilish;
- ShGKM MChJ budjetga va budjetdan tashqari fondlariga to‘lashi lozim bo‘lgan barcha soliq turlarini to‘g‘ri hisoblab chiqarish va o‘z vaqtida o‘tqazilishini boshqarish;
- debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni qisqartirish;
- mahsulot eksportidan tushgan chet el valyutasini o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish;
- moliya-xo‘jalik faoliyatini tahliliy ishlarini o‘tkazishni tashkil etish;
- boshqarish va ishlab chiqarish xodimlarning faoliyati samaradorligi tahlili asosida mehnat va shtat sonini optimallashtirishni tashkil etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- investitsiyalar va boshqa shartnomalar bo‘yicha xulosalar berishni tashkil etish;
- ShGKM faoliyatini barcha yo‘nalishlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- ShGKM mahsulotini xom ashyo birjalarida sotish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- tushadigan moliyaviy mablag‘larini optimal taqsimlash;
- bank to‘lov hujjatlarni tasdiqlash;
- o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi xodimlarni saralash va joylashtirish, takliflar berish, mehnat intizomi mustahkamlash, ta’minlaydi, o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi barcha xodimlarni ichki mehnat tartib qoidalarni bajarilishini ta’minlashi;
- Buxgalteriya, Iqtisod va rejalashtirish bo‘limi, Mehnatni tashkillashtirish va ish haqi bo‘limi, Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish guruhi, G‘aznachilik va moliya bo‘limi, Birja savdolarini tashkillashtirish guruhi, Moddiy texnika ta’minoti xizmati, Bojxona rasmiylashtiruvi guruhi, Material texnik resurslarni boshqarish xizmatlarini belgilangan tartibda tekshirish va nazorat qilish, hamda ularning faoliyatini boshqarish;
- Tovar moddiy boyliklari moliyaviy solishtirish dalolatnomalarini va ishonchnomalarini tasdiqlash;
- ShGKM iqtisodiy faoliyatiga taalluqli shartnomalarni va hujjatlarni tuzish va tasdiqlash;
- O‘zbekiston Respublikasining normativ qonunchilik dalolatnomalariga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ShGHK iqtisodiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kiruvchi yozishmalarni va masalalarni hal etish;
- ShGKM mahsulot ishlab chiqarish xarajatini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hisob-kitobni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
- unga ishonib topshirilgan bo‘linmalar kadrlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha takliflar berish;
- belgilangan vaqtda, ishlab chiqarish hajmiga, nomenklaturaga, to‘liqligiga va sifatiga asoslangan holda shartnoma majburiyatlarini bajarilishini nazoratini ta’minlash;
- ShGKM mahsulotlarini sotish bo‘yicha jahon bozori konyekturasi bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkazish;
- ta’minot va ombor operasiyalari bo‘yicha operativ hisobi-kitob olib borishni tashkil etish, moddiy boyliklar hisob-kitobini o‘z vaqtida nazorat qilish;
- ShGKM iqtisodiy ko‘rsatgichlarni takomillashtirish va tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashish;
- ShGKM tijorat faoliyatiga taalluqli shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzish va tasdiqlash;
- ShGKM tijorat faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lgan masalalar, hamda kiruvchi yozishmalarni tekshirish;
- asosiy va yordamchi materiallar uchun ajratilgan ShGKM fondlari realizatsiyasini nazorat qilish va qat’iy hisobga olish;
Iqtisodiy va tijorat faoliyatiga tegishli bo‘lgan shartnomalarni imzolash, ya’ni:
- Tijorat banklari va ShGKM o‘rtasidagi shartnomalarni tuzish;
- “O‘zbekneftgaz” MXK tizimi ichidagi debitorlik qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar sxemalarni imzolash;
- barcha moliyaviy hisobotlarni, ishonchnoma, import bitim pasportlarini, bank va bojxonada shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalarni imzolash;
- kommunal-maishiy xizmatlar uchun suyultirilgan gazni realizatsiya qilishga qaratilgan shartnomalarni tuzish;
- Shurtan gaz-kimyo majmuasi mahsulotini ichki bozorda sotish uchun shartnomalarni tuzish;
So‘nggi o‘zgartirish : 28.02.2024