Quyidagi vazifalarni bajaradi:
- korxonaning investitsiya dasturini bajarilishini tashkil etish, kapital qurilishda ishning yangi shakillarini va usullarini joriy etish;
- ob’ektlarni qurish bo‘yicha shartnomalarni amalga oshirish, pudratchilar o‘rnatilgan qurilish muddatiga amal qilishlarini nazorat qilish;
- bahoning belgilanishi yagona siyosatini o‘tkazish;
- qurilish montaj ishlari xarajatlarini kamaytirish maqsadida kapital qurilishda bahoning belgilanishi smeta-normativ bazasining bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq tartibga solish va yangilash;
- investitsion loyihalarni amalga oshirish vaqtida ob’ektlarni qurish qiymatini aniqlash mexanizmini takomillashtirish va amaldagi shartnomada ko‘rsatilgan narxlarga o‘tish;
- alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar va boshlangich qurilishlar uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘larni oqilona taqsimlash va maqsadli foydalanishni nazoratini ta’minlash;
- ISO-9001:2008 xalqaro sifat standarti va ilg‘or texnologiyalarni keng foydalanishga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarish sifatining talablarini joriy etish va ularga rioya qilish;
- kapital qurilish bo‘yicha kuz-qish davrida barqaror ishlash uchun tayyorgarlik ishlarni, kapital va joriy ta’mirlashlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
- xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash bo‘yicha, mehnat muhofazasi bo‘yicha, ishlab chiqarishda shikastlanishni va kasb kasalliklarini oldini olish va kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
- kapital qurilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ish miqdori bo‘yicha shartnomalarni tasdiqlash va imzolash;
- o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi xodimlarni saralash va joylashtirish, takliflar berish, mehnat intizomini mustahkamlash, o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi barcha xodimlarni ichki mehnat tartib qoidalarini bajarilishini ta’minlash;
- kapital qurilish xizmatlari, ta’mirlash va qurilish boshqarmalar unitar korxonasi, qurilish direktsiyalari ishlarini belgilangan tartibda tekshirish va nazorat qilish, ularning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish;
- qishloq xo‘jaligi uchastkasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- O‘zbekiston qonunchiligidagi me’yoriy aktlarga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ShGKM kapital qurilish faoliyatiga tegishli masalalarni hal etish va kiruvchi yozishmalarni ko‘rib chiqish.
Qurilish-ta’mirlash faoliyatiga tegishli shartnomalarni imzolash, ya’ni:
- Ta’mirlash, pudrat, va kapital qurilish bo‘yicha;
- Qurilish materiallarni sotib olish bo‘yicha;
- Qishloq xo‘jaligi uchastkasi faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar.
-
So‘nggi o‘zgartirish : 22.05.2023