"O‘zbekneftgaz" AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining "Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash" majmuasining 5-texnologik tarmog‘idagi suv bilan sovitish apparatining ish unumdorligi o‘rganib chiqildi.
Soha mutaxassislarining olib borgan o‘rganishlari va tahlillari natijasida ish unumdorligining past ekanligi aniqlandi va suv bilan sovitish apparatini (Oltingugurt birikmalaridan tozalanayotgan tabiiy gaz sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida foydalaniladi) almashtirish kerakligi aytildi.
Mutaxassislar tomonidan ushbu apparatning texnologik reglament me’yorlarini buzilishiga sabab bo‘layotgani aniqlangach, uning o‘rniga ish unumdorligi yuqori bo‘lgan issiqlik almashtirgich uskunasi o‘rnatildi.
"O‘zbekneftgaz" AJ hamda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining mutaxassislari hamkorligida ichki imkoniyatlardan foydalangan holda, ish unumdorligi yuqori bo‘lgan issiqlik almashtirgich apparati o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Natijada, "Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash" majmuasining 5-texnologik tizimidagi MDEA kimyoviy reagentining harorati 65 ℃ gacha tushirilishiga erishildi.
Bu esa o‘z navbatida tabiiy gaz sifat ko‘rsatkichlarini me’yor talablari darajasida iste’molchilarga yetkazib berilishini ta’minlaydi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan