The effectiveness of the wastewater treatment plant in the "SGCC" has been increased

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining tashqi oqova suvlarni tozalash inshooti modernizatsiya qilindi va samaradorligi kuniga 360 m³ dan 1000 m³ gacha oshirildi.
Amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 12,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, loyihalash ishlari “UNITED PROJECT” MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Mazkur loyiha doirasida oqova suvlarni tozalash inshootida hosil bo‘ladigan chiqindilarni yig‘ishga mo‘ljallangan illar maydonining bo‘linmalarida beton ishlari amalga oshirilib inshootning metallokonstruktsiya ishlari to‘liq modernizatsiya qilindi va o‘rniga quvvati kuniga 1000 m³ bo‘lgan yangi temir betonli hovuzlar to‘plami barpo etildi.

Shuningdek, modernizatsiya ishlari mobaynida "Uzbekistan GTL" zavodining ishchilar shaharchasida hosil bo‘ladigan maishiy oqova suvlarni qabul qilish uchun nasos xo‘jaligi barpo etilib, maishiy oqova suvlarni tozalashga mo‘ljallangan qum ushlagich, oqova suvlarni biologik tozalashga mo‘ljallangan aerator qurilmasi, oqova suvlarni haydashga mo‘ljallangan nasoslar, tozalangan maishiy oqova suvlarni ultrabinafsha nurlari bilan zararsizlantirishga mo‘ljallangan UFO qurilmasi hamda texnik havo bilan ta’minlashga mo‘ljalangan kompressorlar o‘rnatildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur inshoot Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda "Uzbekistan GTL" zavodlarining ishchilar shaharchasida hosil bo‘ladigan maishiy oqova suvlarni tozalash uchun xizmat qiladi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz