“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va “Ishchi guruh” a’zolari “GTL” zavodidagi bugungi holatni o‘rganib bo‘lgach, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

 Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida “Sredazenergosetproekt” aktsiyadorlik jamiyati loyiha instituti bilan birgalikda, ushbu majmua va “GTL” zavodi o‘rtasida tashqi elektr ta’minoti loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, podstantsiya qurilish ishlari faol davom ettirilmoqda.

 Boshqaruv raisi, avvalo, podstantsiyada olib borilayotgan yakuniy bosqichdagi qurilish-montaj ishlarining qanday bajarilayotganini o‘rgandi.

 
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasini kengaytirish loyihalari uchun qurilayotgan 220/35 podstantsiyasining loyiha, qurilish-montaj ishlari yakunlash va ishga qo‘shishga tayyorgarligi ko‘rib chiqildi. 
 

 Infratuzilma obyektini o‘z vaqtida va sifatli ekspluatatsiyaga topshirilishini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislar bilan muhokama qilinib, ishga qo‘shish muddatlari aniqlab olindi.

 

 
Shuningdek, Boshqaruv raisi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi korxonasida GB/GT‐1801 gazturbinali kompressor boshqaruv sistemasini kapital ta’mirlash ishlarini olib borayotgan “Siemens” kompaniyasi mutaxassislari bilan ham uchrashdi hamda ularning ishlash, yashash sharoitlari o‘rganildi.
 

“Siemens” kompaniyasi mutaxassislari hozirgi kunda, GB/GT‐1801 gazturbinasida aylanuvchi va qo‘zg‘almas qismlar, detallarni almashtirish bilan shug‘ullanishayotgani borasida axborot berdi.

 

 
Boshqaruv raisi tomonidan barcha holatlar joyida o‘rganilib, pandemiya davrida to‘liq quvvat bilan ishlab chiqarishni davom ettirish va uning uzluksizligini ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lish kerakligi ta’kidlandi.
 

O‘z navbatida, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha joriy yil reja ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarilishi lozimligi borasida qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

 

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz