Qashqadaryo viloyatidagi GTL zavodining qurilish maydonida, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va "O‘zbekneftgaz" AJning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish davomida, GTL investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlar bajarilishi, zavodning bir qator uskuna va texnologik qurilmalarning ishga tushirish, sozlash oldi ishlar bajarilishi jarayonlari hamda zavodni ishga tushirish va ekspluatatsiya qiladigan personalni tayyolashga alohida e’tibor berildi.

Yig‘ilishda Energetika vazirligi, "O‘zbekneftgaz" AJ, "Uzbekistan GTL" MChJ, "Sho‘rtan GKM" MChJ, "Eriel Group" MChJlarning rahbarlari, hamda bosh pudratchi – "Hyundai Engineering Ltd." va "Enter Engineering Pte. Ltd." konsortsiumi, loyihaning boshqaruvi bo‘yicha maslahatchisi - TechnipFMS kompaniyasining direktsiya rahbarlari, shuningdek mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.


Qashqadaryo viloyatidagi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilishi bilan O‘zbekistonga aviakerosin va dizel yoqilg‘isining importi sezilarli darajada qisqaradi. 2021 yilda GTL zavodi to‘liq loyiha quvvatiga bosqichma-bosqich chiqishi bilan birga, unda tabiiy gazdan sintetik dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi boshlanadi.

To‘liq loyihalash quvvatiga erishgach, zavodda yiliga 3,6 milliard kubometr tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.

"Investitsiya loyihasini amalga oshirish endi yakuniy bosqichga kirib, uning bitkazish darajasi 87 foizdan oshdi. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatidagi zavodning qurilish maydonida qurilish ishlari davom ettirilib, unda 11 mingdan ziyod ishchi va mutaxassislar, jumladan, xorijiy mutaxassislar jalb etilib, 973 ta texnika safarbar etilgan. Ish juda faol sur’atlar bilan, bir necha smenada, birinchi navbatda, ishchilarning xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda va barcha sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilgan holda hamda qat’iy sifat nazorati bilan olib borilmoqda. Zavod qurilishini shu yilning oxirida yakunlashni rejalashtirmoqdamiz, ayni paytda zavodning ayrim texnologik qurilmalarida parallel ravishda ishga tushirish-sozlash oldi ishlari boshlab yuborilgan", - deb qayt etdi "Uzbekistan GTL" zavodi rahbari Fahriddin Abdurasulov.

Qurilish maydoniga 958 ta asosiy texnologik uskunalar jamlanmasi yetkazib berilgan bo‘lib, shundan umumiy og‘irligi 35 ming tonnadan ortiq bo‘lgan 700 ga yaqin jamlanma zavodning texnologik qismida o‘rnatilgan.

Zavodni ishlatish maqsadida butun respublikadan mutaxassislar tanlab olindi. Ular "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" va "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi"da ishlab chiqarish o‘qish kurslarini, shuningdek, "Ustyurt gaz kimyo majmuasi" va Qatardagi shunga o‘xshash "Oryx GTL" zavodida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashdi. Ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash davom etmoqda. Mutaxassislar zavodning texnologiya litsenziarlari, uskunalar, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonining nazorat tizimini ishlab chiqaruvchilarining tajribali muhandislari tomonidan o‘qitilmoqda.

Umumiy qiymati 3.61 milliard dollardan ortiq bo‘lgan O‘zbekistondagi GTL zavodi mintaqadagi eng innovatsion ishlab chiqarish korxonalaridan biri bo‘lib, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash salohiyatini kengaytirish, uglevodorodlar importini kamaytirish, mamlakatning zamonaviy, sifatli va ekologik toza yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, shuningdek, bozorni o‘z xom-ashyosidan ishlab chiqarilgan strategik mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini yaratadi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz