"Toshkent Dengizi Oromgohi"da “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalar yoshlar yetakchilari va koordinatorlari uchun “Yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda yoshlar yetakchilari korxonalarda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi rolini oshirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etildi.
Ushbu yo‘nalishlarda shu paytgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, jamoa bo‘lib muammolarni hal qilishga qaratilgan topshiriqlarni hamkorlikda bajarish orqali yosh kadrlar orasida hamjihatlik fazilatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratishdi.
Seminar so‘nggida yilning eng faol yetakchi va koordinatorlari taqdirlandi. Bu ularning samarali faoliyati va yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirishdagi hissalarini e’tirof etish uchun muhim ahamiyatga ega.
Tadbir doirasida ishtirokchilari Milliy kino san’at saroyida “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmini tomosha qilishdi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati