Joriy yilning 1-mart kuni, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan hududlardagi xotin-qizlar kengashi a’zolari va yoshlar bilan ishlash komissiyasi raislari uchun "2024-yil- Yoshlar va biznesni qo‘llab- quvvatlash yilida ayollar va yoshlarning o‘rni" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining ma’daniy va ma’rifiy ishlar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi – S.Qurbonov, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi – Y.Adilova va O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi – F.Boboqulova tomonidan seminar ishtirokchilariga "2024-yil- Yoshlar va biznesni qo‘llab- quvvatlash yilida ayollar va yoshlarning o‘rni", "Ayollarda liderlikni shakllantirishda eng ko‘p tarqalgan gender streotiplarini bartaraf etishning ahamiyati", "Yoshlarda liderlik hislatlarini rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv mahoratini shakllantirish" mavzularida seminar trening va timbildinglar o‘tkazildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar ham tashkilotchilar tomonidan qayd etilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Ushbu tadbirda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" Kasaba uyushma qo‘mitasining tashkiliy masalalar bo‘yicha yo‘riqchisi G.Suvonqulova va yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi Sh.Normurodov O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qashqadaryo viloyatidagi vakillari sifatida ishtirok etishdi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati