"O‘zbekiston Respublikasi o‘ta muhim obyektlar xavfsizligini ta’minlashni tashkil etishni nazorat qilish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining tanlov o‘tkazish va g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomiga asosan Respublikadagi toifalangan obyektlar o‘rtasida alohida nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
2024 yil 3 fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi tanlov natijalariga ko‘ra, "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ respublika bo‘yicha “O‘ta muhim va toifalangan obyektlardagi eng ilg‘or Fuqaro muhofazasi tuzilmasi" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
G‘oliblarga kubok va sertifikatlar O‘ta muhim obyektlar xavfsizligini ta’minlashni tashkil etishni nazorat qilish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining yig‘ilishida topshirildi.
Ta’kidlash joizki, "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tomonidan xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, majmuada yong‘in va sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha alohida e’tibor qaratilayotgani o‘z samarasini bermoqda.
Buning natijasi sifatida ushbu e’tirofni aytishimiz mumkin. Shuningdek, majmuada mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha rahbar xodimlar, fuqaro muhofazasi tuzilmasi mutaxassislari va butun jamoaning har tomonlama hamjihatligi ham bu muvaffaqiyatning asosiy omillardan biridir.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati