Joriy yilning 29 dekabr kuni Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida 2022 yil sarhisobi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bosh direktori Shuxrat Aslanov majmua ishchi-xodimlarini kirib kelayotgan yangi 2023 yil bilan samimiy tabriklagandan so‘ng, 2022 yilda majmua tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.
Shundan so‘ng yil davomida o‘tkazilgan tanlovlar, bellashuv va musobaqalar g‘oliblarini hamda "Yilning eng yaxshi jamoasi" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi. Eng avvalo, “O‘zbekneftgaz kubogi-2022” musobaqasida 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan Majmuamiz futbol jamoasi a’zolari, majmua rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.
Shundan so‘ng 2022 yilda majmuada o‘tkazilgan onlayn shaxmat chempionatida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quyida sovrindorlar va nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:
“1-o‘rin sohibi” - CHЕMPION Qodirov Sanjar Haydarovich - Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi priboristi;
“2-o‘rin sohibi” - Xalilov Baxriddin Rustamovich - Elektr ta’minoti sexi elektromontyori;
“3-o‘rin sohibi” - Arabov Sharof Nurqulovich - Elektr ta’minoti sexi elektromontyori;
“Eng yaxshi yosh shaxmatchi” nominatsiyasi g‘olibi - Nazarov Sayyod Eliboy o‘g‘li - Kengaytirish loyihasi priboristi;
“Eng yaxshi ayol shaxmatchi” nominatsiyasi g‘olibi - Qo‘ziyeva Xurshida Xusanovna - Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i bog‘boni.
So‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hokimligi tomonidan “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘olibi “Erkatoy - 4” Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Xursanova Lola Xaitmuradovna sahnaga taklif etilib Majmua rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘a bilan taqdirladi.
2022 yildan boshlab Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasining tashabbusi bilan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi mehnat faoli” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shunga ko‘ra bu yil mukofot bilan majmuamizda ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida o‘zining fidokorona mehnati, tashabbuskorligi, o‘z kasbiga va ishiga fidoyiligi, intizomliligi, sohasining mohir ustasi hamda hamkasblari hurmatiga sazovor ustoz ekanligi, o‘ziga va boshqalarga talabchanligi bilan mehr qozongan va majmua rivojiga o‘z hissasini qo‘shib, jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan 13 nafar xodim taqdirlanadilar.
Tadbir davomida majmuada a’nanaga aylangan "Eng intizomli jamoa", "Eng samarador jamoa", "Eng faol jamoa" hamda "Yil xodimi" nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2022 yilning "Eng intizomli jamoa" nominatsiyasi bo‘yicha Bug‘ gaz havo ta’minoti sexi jamoasi, "Eng samarador jamoa" nominatsiyasi bo‘yicha Metrologiya xizmati hamda Nazorat o‘lchov asboblari va Avtomatlashtirish sexi mehnat jamoasi, "Eng faol jamoa" nominatsiyasi bo‘yicha Moddiy texnika ta’minoti xizmati va Bojxona rasmiylashtiruvi guruhi mehnat jamoasi hamda "Yil xodimi" nominatsiyasi bo‘yicha Zavod markaziy laboratoriyasi boshlig‘i Botir Mallayev Nurillayevich e’tirof etildi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng, majmuada ishchi-xodimlarining faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini namoyon etishiga imkon yaratish maqsadida muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichida Maishiy xo‘jalik xizmatining "AXOMIKS" jamoasi, Nazorat o‘lchov asboblari va Avtomatlashtirish sexi hamda Metrologiya xizmatining "Afandining jiyanlari", Uy-joydan foydalanish xizmatining "SHGKM SITI" hamda Atrof muhit muhofazasi xizmatining "EKOLOYT" jamoalari turli shartlar asosida o‘zlarining mahorat va salohiyatlarini namoyish etishdi.
Hajviy sahna ko‘rinishlar bilan qatnashgan jamoalarning chiqishlari tomoshabinlarning olqishlari bilan qarshi olindi va hajviy janrlarga boy bo‘lgan bellashuvda kichik farq bilan Maishiy xo‘jalik xizmatining "AXOMIKS" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgani holda "Quvnoqlar va Zukkolar" ko‘rik-tanlovining 2022 yil mavsumi chempioni bo‘ldi.
"Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovida qatnashgan jamoalarga majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati
| web-sayt | telegram | YouTube |