Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishchi-xodimlarni intellektual bilim va salohiyatlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan "Breyn-ring" intellektual bellashuvining saralash bosqichi o‘z yakuniga yetdi va g‘olib bo‘lgan jamoalar yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Majmuada bo‘lib o‘tgan "Breyn-ring" intellektual bellashuvining saralash bosqichida jami 24 ta jamoa ishtirok etdi.
Saralash bosqichi natijalariga ko‘ra:
Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati;
Ichki suv ta’minoti sexi;
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi;
Zavod markaziy laboratoriyasi;
Uy-joydan foydalanish xizmati;
Mexanik ta’mirlash sexi;
Majmua ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi;
Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i;
Etilen ishlab chiqarish sexi
jamoalari keyingi bosqich bellashuvlarida ishtirok etishadi.
Shuningdek, intellektual bellashuvning yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar o‘rtasida qur’a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Qur’a tashlash natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar yarim final bosqichida o‘zaro bellashadilar:
A guruhi:
Zavod markaziy laboratoriyasi;
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi;
Uy-joydan foydalanish xizmati.
B guruhi:
Majmua ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi;
Etilen ishlab chiqarish sexi;
Ichki suv ta’minoti sexi.
S guruhi:
Mexanik ta’mirlash sexi;
Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i;
Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati