Neft-gaz sanoatini isloh qilish bo‘yicha jadal amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida "O‘zbekneftgaz" AJda xavflarni boshqarish sohasidagi maqsad va vazifalarga erishishga qaratilgan jarayonlar, usullar va axborot tizimlarining kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan xavflarni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha ish boshlandi.

Shuningdek, samarali yo‘lga quyilgan xavflarni boshqarish tizimi kompaniya rahbariyati tomonidan qaror qabul qilish jarayonini takomillashtiradi va "O‘zbekneftgaz" AJ brendini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ushbu tizimning asosi Osiyo Taraqqiyot Banki xalqaro maslahatchilarining korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish paketi doirasigi texnik ko‘magi negizida yaratildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu tizimning joriy etilishi va qo‘llanilishi kompaniyani xalqaro kredit reytingi uchun baholash mezonlaridan biridir.

Ayni vaqtda “O‘zbekneftgaz” AJda xavflarni boshqarish bo‘yicha metodologiya va nizom ishlab chiqildi, shuningdek ularni tadbiq etish jarayonining asosiy bosqichlari aniqlandi. Ushbu bosqichda asosiy faoliyat yo‘nalishlari buyicha kengaytirilgan xavflar reestrini birlamchi yig‘ish va tayyorlash amalga oshirildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu tizim doimiy ravishda optimallashtirilib va kompaniya faoliyatiga muvofiqlashtirilib borilishi kerak. Tadbiq etish jarayoni xalqaro ISO 31000; 2018 standartlariga muvofiq ushbu sohadagi ichki siyosatni takomillashtirishni, kompaniya mutaxassislarining malakasini oshirishni, shuningdek, xavflarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirishni o‘z ichiga oladi.

 

 

manba: "Uzbekneftegaz" AJ Matbuot xizmati