"Uzbekneftegaz": "To`maris" konidagi gaz qudug`i ishga tushirildi.
Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli "To`maris" gazkondensat konidagi 12-sonli quduqda burg`ulash ishlari tugatildi.
Ushbu quduqning 2036-2031 m intervallar oralig`ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma`lumot uchun: "To`maris" gazkondensat koni Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan bo`lib, 2019-yilda dekabr oyida ishga tushirilgan.
manba: ung.uz