Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» gazkondensat konidagi 73-sonli quduqda to`la ta`mirlash ishlari olib borildi.

Quduqda qatlam suvi kelishi ko`payganligi sababli kunlik gaz qazib chiqarish umuman to`xtagan edi. Ayni paytda unda suv yo`llarini to`sish ishlari amalga oshirilib, yuqori yura qatlamining 1592-1588 m intervallar oralig`ida perforatsiya ishlari o`tkazildi.

Natijada quduqdan bir sutkada 100-120 ming kub metrgacha sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda.

Ma`lumot uchun: «Shimoliy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanida joylashgan bo`lib, 2005 yilda ishga tushirilgan.

 

manba: ung.uz