O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 avgustdagi 868-F-son farmoyishiga asosan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tozalangan metan gazi bazasida suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining tashqi infrastruktura ob’ektlarini qurish "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, asosiy (xom ashyo) va qo‘shimcha (yoqilg‘i) gaz quvurlarining qurilishi ham mazkur ob’ektlar sirasiga kiradi. Gaz quvurlarini loyihalash ishlari "UzLITIneftgaz" AJ tomonidan amalga oshirilgan. Barcha zarur materiallar va butlovchi qismlarni etkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Yoqilg‘i gaz quvurini mavjud "SHGKM-Tallimarjon" magistral gaz quvuriga ulash "Sho‘rtan GKM" MChJ texnologik qurilmalarini to‘liq to‘xtatishni talab qilganligi bois, bu ishlarni majmuani profilaktik ta’mirlash ishlari vaqtida amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur rejaga ko‘ra "Uzbekistan GTL" MChJning yoqilg‘i gaz quvurini magistral tarmoqqa ulash ishlari "Buxoro Gaz Sanoat Qurilish" AJ tomonidan amalga oshirildi.
www.sgcc.uz