Joriy yilning 31 yanvar kuni "Shurtan GKM" MCHJ Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmati va Transport vazirligi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi nazorati inspeksiyasi hamda Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli texnik ishlab chiqarish bo‘limi xodimlari tomonidan majmuaning teplovoz mashinistlari, mashinist yordamchilari va poyezd tuzuvchilari uchun navbatdagi bilimlar sinovi tashkil etildi.
O‘tkazilgan bilimlar sinovi natijasida, majmua Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmati ishchi-xodimlarga RBU-9 shakldagi guvohnoma (temir yo‘ldan texnik foydalanish qoidalari, signalizatsiya yo‘riqnomalari, poyezdlar harakati bo‘yicha yo‘riqnomalar va xavfsizlik qoidalariga muvofiq sinovdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) va "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tasarrufidagi harakatlanadigan tarkibiga (teplovozlariga) "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning umumiy foydalaniladigan temir yo‘llariga chiqishi uchun ruxsatnoma taqdim etildi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati