Respublikamizning Amudaryo va Sirdaryo havzalariga bog‘liq hududlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini kafolatli suv bilan ta’minlashda bir necha yillardan buyon keskin suv tanqisligi kuzatilib kelinmoqda.
Shu boisdan, bugungi kunda yurtimizda suv tanqisligining salbiy oqibatlarini yumshatish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni iqtisod qiluvchi va ekinlarni sug‘orishda ilg‘or usullardan hisoblangan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarni joriy qilish va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli mahsulot yetishtirish bo‘yicha bir qator samarali loyhalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, o‘tgan 2022 yilda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmati tomonidan ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmati tomonidan, 2022 yilda umumiy qiymati 28,628 mlrd so‘mlik tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini o‘rnatish uchun loyiha va smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olindi. Ushbu loyiha va smeta hujjatlari ichki imkoniyatlardan foydalangan holda, Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmatining o‘zi tomonidan ishlab chiqilgani uchun 572,5 mln so‘m mablag‘ iqtisod qilib qolindi.

Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmati orqali pudratchi tashkilotlarga 5,492 mlrd so‘mlik polietilen truba va butlovchi mahsulotlari realizatsiya qilindi.

Xizmatda mavjud bo‘lgan asbob-uskunalardan samarali foydalangan holda, ichki imkoniyatdan kelib chiqib, xizmatning malakali mutaxassis va ishchi xodimlari tomonidan 3,296 mlrd so‘m qiymatdagi loyihaning montaj ishlari amalga oshirildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 400 gektardan ortiq  maydonda 95228 ta mevali va manzarali ko‘chatlarga suvni tejovchi texnologiyasi joriy qilindi.

Bundan tashqari, xizmatning malakali mutaxassislari tomonidan Respublikadagi ko‘plab pudratchi korxona va tashkilotlar, klaster va fermerlarga joriy etilayotgan suvni tejovchi texnologiyalarning afzalliklari, texnologiyalardan samarali foydalanish va qo‘llash, suv resurslarini tejab, yuqori hosildorlikka erishish sir asrorlari o‘rgatib borilmoqda.

Shuningdek, majmua tomonidan pudratchi korxona va tashkilotlar, klaster va fermer xo‘jaliklaridan tushayotgan talab va takliflarni inobatga olgan holda 2023 yilda Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmati orqali shartnoma asosida 50 mlrd so‘mlik 1000 gektar paxta va 1000 gektar bog‘ga tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Ushbu rejalashtirilgan ishlar orqali polietilen truba mahsulotlar realizatsiyasidan 10 mlrd so‘mlik, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashdan 1,25 mlrd so‘mlik, boshqa xarajatlardan 11,315  mlrd so‘mlik mablag‘lar foyda qilinishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Respublikamizda hozirgi kunda suv resurslari yildan yilga kamayib borayotgani va qurg‘oqchilikni oldini olish maqsadida, hamda yashil makon va yashil hududlarni tashkil qilish, paxta va poliz ekinlarni hosildorligini oshirish uchun, Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmatiga talab yildan-yilga oshib bormoqda. 
"Sho‘rtag gaz kimyo majmuasi" MCHJ tomonidan ko‘plab pudratchi korxonalar, klaster va fermer xo‘jaliklardan tushadigan buyurtmalarni hamda ichki va tashqi bozorlarni talab-takliflarini o‘rganib chiqib, majmuaga qarashli "Qarshitermoplast" sexida ishlab chiqarish imkoniyati borligini hisobga olib, kelajakda samarali va foyda keltira oladigan quyidagi polietilen truba va butlovchi mahsulotlarni mahalliylashtirib 2023 yildan boshlab bosqichma-bosqich ishlab chiqarish borasida ham keng qamrovli izlanishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Sho‘rtan GKM” MCHJ tomonidan, Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmatiga 2021 yil 20 aprelda №AL-001746 raqamli Respublika hududi bo‘ylab «Suv xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha va smeta hujjatlarini yaratish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish faoliyat turlari bilan shug‘ullanish» ga litsenziya olingan.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|