"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Aloqa guruhi 2001-yilda ish faoiliyatini boshlagan. Dastlab Aloqa uzelida sanoqli xodimlar bo‘lib, 1 nafar xizmat boshlig‘i, 1 nafar texnik xodim va 1 nafar montyor bilan ish boshlangan.
O‘sha davrlarda, G‘uzor va Qarshi shaharlaridan Shurtan gaz kimyo majmuasigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yotqizilgan aloqa kabellari bo‘lmaganligi sababli, tashqi tashkilotlar va xorij kompaniyalari bilan aloqalar “O‘zbektelekom” davlat korxonasining yagona kabeli va Shurtan gaz kimyo majmuasida joylashgan «IKM-30» kurilmasi orkali amalga oshirilgan.
Bugungi kunga kelib, Aloqa guruhida 16 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilmoqdalar. Shulardan 6 nafari yosh xodimlarni tashkil etadi.
Aloqa guruhi xodimlari majmuada quyidagi aloqa vositalariga xizmat ko‘rsatadi:
2 dona ATC;
600 dan ortiq shahar telefon raqamlariga (o‘rnatish, ta’mirlash va tiklash);
65 ta qo‘l radiostansiyalariga;
14 ta statsionar radiostansiyalarga;
3 ta bazali radiostansiyalarga;
Peyjing aloqaga (tezkor va yuqori ovoz bilan chaqiruv hamda so‘zlashuv sistemasi);
Ichki mini ATSlarga;
Bayram tadbirlari uchun ovoz kuchaytirish moslamalariga.
Hozirgi kunda Aloqa guruhi tomonidan majmuada Xitoyning HUAWEI mashrutizator va kommutatorlari, Germaniyaning SIEMENS kompaniyasining raqamli ko‘p kanalli apparaturalari, Turkiyaning NETAS raqamli Avtomat Telefon Stansiyalari mavjud.
Shuningdek, xalqaro, shaharlararo, faks, internet, video konferensiya aloqa, IP-TV, IP-telefoniya, SMS, VPN, MMS, ISDN, AON aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan va ta’minlangan.
2013-yilda Aloqa guruhi xodimlari tomonidan «O‘zbektelekom» AJ Qashqadaryo filiali xodimlari bilan birgalikda G‘uzor-SHGKM-Nuriston oralig‘ida optik tolali aloqa kabeli loyihasi ishlab chiqildi va kabellar yotqizildi
Bu esa o‘z navbatida, "Shurtan GKM" MCHJ hududi, majmua ishchilar shaharchasi, “Uzbekistan GTL” ishchilar shaharchasi va “Uzbekistan GTL” zavodidagi aloqa liniyalarini xalqaro telekommunikatsiya aloqa liniyalariga ulanish imkonini berdi.
Shuningdek, Aloqa guruhi xodimlari tomonidan 2014-yil dekabr oyida majmua hududidagi radio aloqa vositalarini raqamli radio aloqa rejimiga o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Bu Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan sanoat korxonalari orasida birinchi raqamli radio aloqa edi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati