O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sohasida ta'lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-iyuldagi PQ–309-son qaroriga asosan ishlab chiqarish va oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etib borilishini ta'minlash maqsadida, G‘uzor tumanidagi 68-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumiy ta'lim maktabi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Shurtan gaz kimyo majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Uchrashuv avvalida, o‘quvchi yoshlarga mutaxassislar tomonidan majmua hududida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tushuntirib o‘tildi.

So‘ng mehmonlarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Polietilen ishlab chiqarish sexi tarkibidagi polietilen granulalarini kerakli hajmlarda qadoqlash uchun tayyorlanayotgan maxsus qop va qoplar jamlanmasi uchun taglik ishlab chiqarish sexiga taklif etildi.

Uchrashuv davomi polietilen ishlab chiqarish sexida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari bilan davom etib, u yerdagi faoliyat bilan majmuamizda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan Ustozlarimiz o‘quvchi yoshlarning majmua haqidagi barcha savollariga kerakli javoblarni berish bilan birga, kerakli o‘rinlarda ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ko‘rsatib ham berdilar.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, uch avlod uchrashuviga aylangan ushbu ekskursiya, yosh avlod vakillarining o‘zlari tanlamoqchi bo‘layotgan soha, nechog‘lik murakkab va shuning bilan birga sharafli ekanligini yana bir bor anglashlariga xizmat qildi desak bo‘ladi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz