“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘i bilan neft va gaz qazib chiqaruvchi boshqarmalarning ishlab chiqarish quvvatini tiklash maqsadida, uskunalarni o‘z vaqtida sifatli ta'mirlanishini yo‘lga qo‘yish borasida qator chora-tadbirlar belgilab olingan.

Xususan, Shurtan gaz kimyo majmuasida ham rejali joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilinayotgan gaz bosqichma-bosqich kamaytirilib, texnologik qurilma va jihozlarda ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Majmuaning Etilen ishlab chiqarish sexidagi gazlarni ajratish qurilmalarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

Absorberni proparka qilish, yuvish, tozalash va texnik ko‘rikdan o‘tkazish;

Desorberni proparka qilish, yuvish, tozalash va texnik ko‘rikdan o‘tkazish;

Shuningdek, etilen ishlab chiqarish sexidagi kirish filtrlarini xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va shunga o‘xshash bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Polietilen ishlab chiqarish sexidagi Reaksiya va retsikl qurilmasida quyidagi ishlar bajarilmoqda:

Rektifikasion kolonna tozalash 1-19 gacha tarelkalarini va klapanlarini tekshirish va erroziya bo‘lganlarini almashtirish;

Adsorberni ichki qismi setkasini yuvish va tozalash;

Zichlov qismlarini ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Bug‘ gaz havo ta'minoti sexidagi Markaziy qozonxona qurilmasida ham ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda:

Texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash;

"Marland Cecon" mufta agregatini yangisiga almashtirish;

Shurtan gaz kimyo majmuasi va "Uzbekistan GTL" zavodi oralig‘idagi yuqori bosimli bug‘ quvuri ulanish nuqtasini montaj qilish;

Ventilyator reduktor va elektrodvigateliga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash kabi ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari majmuadagi ta'mirlash ishlariga chet ellik hamda turdosh korxonalardan ham mutaxassislar jalib qilingan:

Yaponiyaning "Mitsubishi Corporation" hamda “SIEMENES ENERGY” kompaniyalarining malakali mutaxassislari bug‘ turbinalari ta'mirlanmoqda;

"Maxsusenergogaz"AJ mutaxassislari ishtirokida 1700 hududdagi gazni amin yordamida tozalash qurilmasi linyasini modernizatsiya qilish ishlari olib borishmoqda.

"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ mutaxassislari ishtirokida issiqlik almashish apparatlarini yuvish ishlari bajarilmoqda.

Ta'kidlab o‘tish joizki, rejali joriy ta'mirlash ishlari kelgusida ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini ta'minlashga yordam beradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz