“O‘zbekneftgaz”: “Sho‘rtan” gazkondensat konidagi 3050 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan quduqdan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va gaz kondensati qazib olina boshlandi (Video)
“O‘zbekneftgaz”AJ “Sho‘rtan” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sho‘rtan” gazkondensat konidagi 329-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, 3050-2863 metr oralig‘iga filtr tushirildi.
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan