Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida ishchi-xodimlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishlari hamda sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida korxona tasarrufidagi tarmoq va sexlarda tennis stollari oʼrnatilmoqda.
Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlarida aholining sogʼligi, jismonan salomatligi, sogʼlom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini koʼrsatmoqda.
Bu esa, barchamizdan bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shugʼullanish, toʼgʼri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishni talab etmoqda.
Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida ham ishchi-xodimlarni boʼsh vaqtlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanish hamda sogʼlom turmush tarzi boʼyicha hayotiy koʼnikmalarni shakllantirish orqali kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo boʼlishini taʼminlash, toʼgʼri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati