O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi nishonlanishi arafasida majmuaning 94 nafar ishchi-xodimlari Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda Kasaba uyushma qo‘mitasining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

 

Taqdirlash marosimida "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bosh direktori Sh.Ch.Aslanov mukofotlanganlarni tabriklab, ularga chuqur hurmat va ezgu tilaklar bildirildi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi mamlakatimizda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan yirik tashkilotlardan biri sanaladi.
Majmuamizning yillar davomida har bir sohada erishib kelayotgan yutuqlari va yuksak natijalari yurtimiz rivojiga alohida hissa qo‘shib kelmoqda. Har qanday qiyinchilik va sinovlarga qaramasdan, korxonaning o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalariga erishishida shuningdek, yillar davomida erishib kelayotgan natijalar hamda majmua mavqeining bardavomligini bir jamoa bo‘lib ta’minlashimizga ishonaman va Sizlar bilan yelkadosh bo‘lib mehnat qilayotganimdan faxrlanaman, - dedi o‘z nutqida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Bosh direktori Shuxrat Aslanov. Fursatdan foydalanib, bugungi kunda korxonamizda fidokorona mehnat qilayotgan barcha majmua xodimlarini va barcha yurtdoshlarimizni mamlaktimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami bilan muborakbod etaman.”

Marosimda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar e’tirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining etilen ishlab chiqarish sexi boshlig‘i Murtazaev Otabek Astanaevich mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga qaratilgan ko‘p yillik samarali mehnati, taraqqiyotni ta’minlashga, Yangi O‘zbekistonni qurish, xalqaro maydonda mamlakatning nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shgani hamda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani majmua faxri sifatida alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan mamlakatimiz neft va gaz sanoati tarmog‘ining yuksalishi yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlarini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bosh direktori o‘rinbosari A.Mavlonov, Yuridik xizmati katta yuriskonsulti Ilxom Xo‘jaqulov, Elektr ta’minoti sexi masteri Muxiddin Rajapov, Bug‘gazhavo ta’minoti sexi muhandisi Farxod Raximov, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexining ta’mirlash tarmog‘i boshlig‘i Shavkat Allayorovlar "O‘zbekneftgaz" aktsiyadorlik jamiyatining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar. 

 

Shu jumladan, tadbirda “O‘zbekneftgaz kubogi – 2021” futbol musoboqasida munosib qatnashib faxrli 2-o‘rinni egallagan "Sho‘rtan GKM" MCHJ jamoasi a’zolari ham tantanali ravishda taqdirlandilar.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi" esdalik ko‘krak nishoni bilan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" Bosh direktori Shuxrat Aslanov, Bosh direktor o‘rinbosari O‘ktam Isaev, Geolog MSSM boshlig‘i Yorqin Raxmonov, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot kotibi Shaxzod Hasanov hamda Shuxratov Elmurodlar taqdirlandilar.

 

Shuningdek, tadbir davomida tomoshabinlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Xalilova ijodi hamda Qarshi shahar ixtisoslashtirilgan san’at maktabi vakillari tomonidan ijro etilgan kuy-qushiqlar, o‘zbek va jahon opera durdonalaridan bahramand bo‘lishdi.

 

Ushbu tadbir majmua ishchi-xodimlariga bayramona ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz