"O‘zbekneftgaz" AJ Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida olib borilgan joriy ta’mirlash ishlari o‘z nihoyasiga yetib, texnologik qurilma va uskunalarni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari amalga oshirildi va odatiy ish rejimida ishlay boshladi.
Shuningdek, asosiy texnologik qurilmalaridan biri bo‘lgan gaz turbinali kompressorning “D” bosqich kapital ta’mirlash ishlari Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda “Siemens” kompaniyasining malakali mutaxassislari tomonidan majmuaning o‘zida amalga oshirildi va ishga tushirildi.
Avval ta’kidlaganimizdek, rejali joriy ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish jarayonlarida kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan uzilishlarning oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” Matbuot xizmati