Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "BREYN RING" intellektual shousining final bellashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Ichki suv ta’minoti sexining "Tomchi", Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "Aristokratlar" hamda Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexining "Avtomatika" jamoalari o‘zaro bahslashishdi.

Murosasiz davom etgan mazkur intellektual shouning finalida Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexining "Avtomatika" jamoasi kichik farq bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual shouning final bellashuvda ham odatdagidek tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

1-o‘rin "Avtomatika" jamoasi - 5 ball,
2-o‘rin "Tomchi" jamoasi - 4 ball;
3-o‘rin "Aristokratlar" jamoasi - 2 ball;

Bellashuv so‘nggida jamoalarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bosh direktori Shuhrat Aslanov tomonidan esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz